O‘zbekiston Malayziyaga qarshi to‘liq oq libosda o‘ynaydi

O‘zbekiston U23 terma jamoasi ertaga Osiyo kubogidagi yurishlarini Malayziyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni esa iordaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Ahmad Faysal Muhammad Alali, unga qanotlarda hamyurtlari Ayman Faysal Hamze Obeydat va Ahmad Mansur Samara Muhsen yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Kimura Hiroyukiga (Yaponiya) topshirilgan. Abdulloh Dafer Al Shehri (Saudiya Arabistoni) esa VARda faoliyat olib boradi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Malayziya o‘rtasidagi o‘yin 17 aprel soat 18:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!