Abdurahmon o‘rniga Patris Evra keladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘z vaqtida "Manchester Yunayted" tarkibida porlagan frantsiyalik tajribali himoyachi Patris Evra faoliyatining keyingi qismini Italiya grandi "Yuventus" tarkibida o‘tkazmoqda. Bu futbolchi joriy mavsumda turinliklarning asosiy tarkibiga kirishi qiyinlashib qoldi va atigi olti uchrashuvda maydonga tushdi.

 

Shu yil yozda "Yuventus" bilan shartnomasi yakunlanadigan Patris Evra boshqa jamoaga o‘tadigani ko‘rinadi. Ayni paytda Bundesliga vakili "Shalke" frantsiyalik futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Chunki bu jamoaning 35 yoshli futbolchisi Aburahmon Baba Gana terma jamoasi tarkibida Afrika millatlari kubogi musobaqasida jiddiy jarohat oldi.

Patris Evraga "Manchester Yunayted", "Kristal Pelas" va "Valensiya" ham qiziqish bildirayotgan edi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!