Afsonaviy Alonso faoliyatini yakunlaganligini e’lon qildi

"Bunday ajoyib sport turidagi 17 yillik faoliyatimdan so‘ng o‘zgarishlar davri keldi. Oldinga harakatlanish kerak", - dedi Alonso.

U bunday og‘ir qarorni bir necha oy ilgari qaror qilganligini ta’kidladi. Poygachi bu mavsum yana bir nechta gran-prilarda ishtirok etmoqchi ekanligini ham qo‘shimcha qildi. 

Ma’lumot uchun, Alonso Formula-1 bo‘yicha 2 karra jahon chempioni sanaladi. U iyun oyida "Le-Man 24 soati" poygasida g‘olib chiqqan edi.

Alonso faoliyatini 2001 yil "Minardi" jamoasi safida boshlagan va shundan so‘ng bir nechta jamoalar sharafini himoya qildi. 2014 yildan buyon esa "Maklaren" a’zosi sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!