Alonso nimaga Formula-1 ni tark etayotganligi ma’lum bo‘ldi

Bundan oldin Maklaren jamoasi piloti Fernando Alonso mavsum so‘nggida faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

"Men Formula-1 ni bolidlarning kuchsizligi uchun tark etmadim. Men o‘zim orzu qilgan barcha narsaga erishdim. Men Formula-1 da debyut qildim, birinchi Gran-prinida zafar quchdim, ikkita chempionlik titulini qo‘lga kiritdim. Men "Maklaren"da, "Reno" va "Ferrari" sharafini himoya qildim. Shunday ekan, ketish vaqti ham etib keldi.

Ma’lumot uchun, Alonso Formula-1 bo‘yicha 2 karra jahon chempioni sanaladi. U iyun oyida "Le-Man 24 soati" poygasida g‘olib chiqqan edi.

Alonso faoliyatini 2001 yil "Minardi" jamoasi safida boshlagan va shundan so‘ng bir nechta jamoalar sharafini himoya qildi. 2014 yildan buyon esa "Maklaren" a’zosi sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!