Bundesliga. “Bavariya” safarda “Frayburg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi

  • 21 yanvar, 2017, 08:50
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Germaniya chempionati 17-turida "Bavariya" jamoasi safarda "Frayburg" mehmoni bo‘lishdi. Mazkur bellashuvda myunxenliklar 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. 

Uchrashuvning 4-daqiqasida mezbonlar a’zosi Xaberer hisobni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqada Levandovski hisobni tenglashtirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida yana Levandovski katta sahnaga chiqdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi — 2:1. 

Shu tariqa "Bavariya" turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. 

Frayburg – Bavariya 1:2

Gollar: 1:0 – 4 Xaberer, 1:1 – 35 Levandovski, 1:2 –90(+1) Levandovski.

Frayburg – Shvolov, Torrexon, Gyunter, Shtentsel (Kyubler, 83), Gulde, Frantts, Xefler, Xaberer (Bulut, 80), Filipp, Grifo, Niderlexner (Petersen, 70).

Bavariya – Noyer, Martines, Xummels, Alaba (Bernat, 71), Robben, Lam, Vidal (Kimmix, 55), Xabi Alonso, Duglas Kosta (Riberi, 71), Myuller, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Xabi Alonso (31), Duglas Kosta (48), Xaberer (74), Shvolov (84).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!