"Chelsi" ikki superhujumchiga da’vogar

  • 8 fevral, 2017, 11:22
  • 0
  • Futbol
 

 

"Chelsi" to‘purari Diego Kosta Londonda uzoq vaqt qolmaydigan ko‘rinadi. Roman Abramovich klubi yozgi transferlar chog‘ida jamoaga superhujumchi olib kelish harakatlarini boshladi.

"Chelsi" asosiy e’tiborini ikki to‘purar - "Real" hujumchisi Alvaro Morata va o‘zi "Everton"ga o‘tkazib yuborgan Romelu Lukakuga qaratishini ma’lum qildi.

Morata "Real"da Karim Benzema bilan sof raqobat bo‘lmayotganihttp://www.sports.uz/ va ko‘pincha etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmay qolayotgani uchun Madriddan ketishga qaror qilgan.

Romelu Lukaku esa sovrinsiz mavsumlardan zerikdi. To‘purar hujumchi kuchli klub tarkibida chempionlikka erishish va Evropa chempionlar ligasida o‘zini ko‘rsatishga tayyor ekanini aytmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!