Gvardiolaga yangi futbolchi kerak emas

  • 24 dekabr, 2016, 13:35
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning ayni damdagi tarkibidan ko‘ngli to‘q ekanligini va “shaharliklar” qishda yangi futbolchi sotib olmasliklari haqida gapirib o‘tdi.

“Meni qo‘l ostimdagi futbolchilardan ko‘nglim to‘q. Men ularga to‘liq ishonaman. Qishki transfer vaqtida yangi futbolchi sotib olamiz deb o‘ylamayman.

Yana bir oydan so‘ng Jesus ham tarkibimizga kelib qo‘shiladi. Bizda yana bitta hujumchi paydo bo‘ladi. Men bundan judayam hursandman” – deydi Gvardiola Independent nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” yozda 19 yoshli braziliyalik futbolchi - Gabriel Jesus bilan shartnoma imzolagan edi. Unga ko‘ra futbolchining yanvarda “Manchester Siti” tarkibiga kelib qo‘shilishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!