Karting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashning 2018 yilgi sport tadbirlari kalendar rejasiga asosan 10-12 avgust kunlari Uchqo‘rg‘on tuman USTKga qarashli kartadromda o‘tkaziladigan karting bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi 2-bosqich va final musobaqasi o‘tkazildi.

karting 6

Musobaqada Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 168 dan ortik 7 yoshdan boshlab va undan yuqori bo‘lgan (hamda 5 nafar qizlar) sportchilar ishtirok etdilar.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Toshkent shahri Yashnobod tuman o‘quv sport texnika klubi jamoasi, 2-o‘rinni Toshkent viloyati Angren avtomobil maktabi  jamoasi va 3-o‘rinni Namangan viloyati Uychi tuman o‘kuv sport texnika klubi jamoasi egalladilar.

karting 7

G‘oliblarga “Vatanparvar” tashkilotining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliklari topshirildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Avtomobil sporti federatsiyasi prezidenti Azimjon Ahmedxodjaev ishtirok etdi.

karting 1

karting 2

karting 3

karting 4

karting 7

karting 8

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!