Kimi Raykkonenning "Ferrari"siga hech kim eta olmadi

AQShning Ostin shahrida joylashgan "Amerik" trassasida "Formula-1" bo‘yicha Gran-pri musobaqasi o‘tkazildi.
 
Mazkur poyga 56 aylana bo‘yicha o‘tkazildi. Unda "Ferrari" jamoasi a’zosi Kimi Raykkonen barchadan o‘zib ketdi. "Red Bull" jamoasi sharafini himoya qilgan Maks Ferstappen marraga g‘olibdan +1,281 soniya kech kirgan bo‘lsa, Lyuis Xemilton +2,342 soni orta qolib, uchinchi o‘rindan joy oldi.
 
Gran-pri bahslarida Sharl Lekler («Zauber»), Daniel Rikkardo («Red Bull»), Romen Grojan («Xaas»)
va Fernando Alonso («Maklaren») kabi poygachilar poygani oxiriga qadar davom ettira olmadilar.
 
Shuningdek, Esteban Okon («Fors-Indiya») va Kevin Magnussen («Xaas») poygadan diskvalifikatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!