
Luis Enrike “Barselona”ni tark etsa uning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi
Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoani tark etsa uning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sportitalia nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar allaqachon Enrikening o‘rniga munosib nomzod tanlab qo‘yishgan. Agar Luis Enrike “ko‘k-anor rangliklar”ni tark etadigan bo‘lsa uning o‘rniga “Everton” ustozi Ronald Kuman egallaydi.
Ushbu mutaxassis kataloniyaliklarni boshqarishi mumkin bo‘lgan kam sonli murabbiylar qatoriga kiritilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” Enrike bilan yangi shartnoma borasida aprelda muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.
Fikrlar