Lyuis Xemiltonga Yaponiyada ham eta olishmadi

Yaponiyaning Suzuka trassasida “Formula-1” musobaqasi bo‘yicha Gran-pri bahslarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

Musobaqaning hal qiluvchi poygasida “Mersedes” jamoasi a’zosi Lyuis Xemilton 53 aylanani birinchilardan bo‘lib bosib o‘tdi. 

Uning jamoadoshi Valtteri Bottas esa marraga +12,919 soniya kech keldi va ikkinchi bo‘ldi. “Red Bull” jamoasi poygachisi Maks Ferstappen  kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Ushbu Gran-pridan so‘ng Lyuis 331 ochko bilan shahsiy hisobda ham karvonboshilik qilmoqda.  Sebastyan Fettel 264 ochko bilan ikkinchi,  Valtteri Bottas esa 207 ochko bilan uchinchi pog‘onadan o‘rin olgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!