"MYu" va "Vest Xem" futbolchi almashtirmoqda
"Vest Xem" rahbariyati jamoa etakchisi Dimitri Payetni "Manchester Yunayted"ga transfer qilishga rozi bo‘ldi.
London sharafini himoya qilayotgan ushbu klub Payet o‘rniga "Manchester Yunayted"da ishi yurishmayotgan iste’dodli hujumchi Antoni Marsyalni olishni rejalashtirmoqda.
Payetning transfer summasi 17,5 million evroni tashkil qiladi. Marsyalning transfer huquqi bu narxdan bir necha barobar yuqori baholangan.
Joriy mavsumda Payet APLda 14 ta uchrashuvda ikkita gol urdi va besh marotaba golli pas uzatdi. Antoni Marsyal esa o‘nta o‘yinda raqib darvozasini bir marta ishg‘ol qildi va uchta samarali to‘p uzatdi.

Fikrlar