Mixael Shumaxer yig‘lay boshladi

“Formula-1” bo‘yicha etti karra jahon chempioni Mixael Shumaxerning qarindoshlari sportchining ahvoli haqida ma’lumot berdi, deya xabar beradi The Mirror nashri.

Oila a’zolari Shumaxerning hissiyotlarini ko‘rsatishi mumkinligiga umid qilmoqda: “Biz uni nogironlar aravachasiga o‘tqazganimizdan keyin unga dengizlar va tog‘lar ko‘rinishida ajoyib panoramani ko‘rsatamiz. U esa yig‘laydi”, deydi sportchining oilasiga yaqin kishilardan biri.

15 avgust kuni L'Illustre gazetasi Shumaxerning oilasi uni Shveytsariyadan Ispaniyaning Malorka orollariga olib kelganini ma’lum qildi. Manbada yozilishicha, uning rafiqasi Korinna Malorka janubi-g‘arbidagi Andratch hududidan 30 million evroga ko‘chmas mulk sotib olgan.

shumaher

Eslatibo‘tamiz, 2013 yil dekabrida Shumaxer Alp tog‘laridagi Meribel kurortida tog‘ chang‘isida uchish vaqtida yiqilib, miyasidan jiddiy jarohat olgan edi. Uni tezda Grenobldagi shifoxalardan biriga yotqizishdi va bir nechta operatsiyani boshdan kechirdi. 2014 yil sentyabr oyidan u Jeneva ko‘li qirg‘og‘idagi villada sog‘ayishngi boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!