Mourino: Kerrik qarib qoldi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Maykl Kerrikni nafaqaga kuzatishni rejalashtirayotganini oshkor qildi. Kerrik yozda 36 yoshni qarshi oladi.
- Rostgo‘y bo‘laylik, - dedi Joze Mourino. - Kerrik yaxshi o‘ynayapti. Lekin men uning pasportini olib, besh yilga yoshartirib qo‘yolmayman. Maykl uzog‘i bilan yana bir yil qolishi mumkin.

Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"da 2006 yildan buyon o‘ynamoqda. "Qariya" futbolchi joriy mavsumda 11 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Fikrlar