Raqibi o‘zgargan Fazliddin G‘oibnazarov engilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

  • 09.10.2017 14:30
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2017 yili aprelda havaskorlar boksidan professional boksga o‘tgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov (3-0, 0) o‘zining navbatdagi jangini 9 dekabr kuni o‘tkazishi rejalashtirilganidan, xabaringiz bor. Avvalroq uning bu to‘qnashuvda 35 yoshli rossiyalik Andrey Klimovga qarshi ringga chiqishi ma’lum qilingan edi, biroq so‘nggi olingan ma’lumotlarga qaraganda uning raqibi o‘zgargan.

Endi bokschimiz bu jangda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 24 yoshli amerikalik Stiven Ortisga (7-0, 0 KO2) qarshi ringga ko‘tariladi. Bu bokschi professional faoliyatini 2015 yilda boshlagan va bugungacha 7 marta ringga chiqib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Shulardan ikkitasida nokaut qayd etgan.

Jang 9 dekabr kuni Nyu-Yorkdagi Nyu-Yorkdagi afsonaviy “Madison Square Garden” arenasida tashkil qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!