Rasman! Xitoy chempionatida legionerlar limitiga cheklov e’lon qilindi!

  • 16.01.2017 16:35
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Xitoy futbol assotsiatsiyasi legionerlar limitiga cheklov e’lon qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, yangi mavsumdan e’tiboran, ya’ni 2017 yildan boshlab Xitoy klublari milliy chempionat o‘yinlarida faqat 3ta legionerni maydonga tushirishlari mumkin.

O‘tgan mavsumda to‘rt nafar xorijlik futbolchi uchrashuvda ishtirok etishi, ammo qaydnomaga besh nafar chet ellik futbolchini kiritish mumkin bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!