Sanjarbek Rahmonov AQShda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Bugun AQShning Las-Vegas shahrida joylashgan Sam's Town Hotel & Gambling Hall arenasida o‘tkazilgan boks kechasida hamyurtimiz Sanjar Rahmonov o‘zining profi-boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Amerika vakili Jon Dalperdangga qarshi o‘tkazilgan ushbu bahsda hamyurtimizning qo‘li baland keldi.
Qayd etish lozim, bu 28 yoshli hamyurtimizning 10 jangi bo‘lib, Rahmonov bugunga qadar o‘tkazilgan 10 jangining birortasida mag‘lubiyatga uchramagan.

Fikrlar