Sebastyan Fettelning «Ferrari»siga hech kim eta olmadi

Belgiyada Formula-1 bo‘yicha Gran-pri musobaqasining navbatdagi bosqichida «Ferrari» jamoasi a’zosi Sebastyan Fettel 44 aylanani birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

Lyuis Xemilton o‘zining «Mersedes»ida mazkur poygani ikkinchi bo‘lib yakunland. Shuningdek, «Red Bull» sharfini himoya qilayotgan Maks Ferstappen finish chizig‘iga uchinchi bo‘lib etib keldi.

Afsuski, mazkur musobaqada Daniel Rikkardo («Red Bull»), Kimi Raykkonen («Ferrari»), Sharl Lekler («Zauber»), Fernando Alonso («Maklaren»), Niko Xyulkenberg («Reno») kabi poygachilar marraga etib kela olmadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!