Shohjahon Ergashev jahonning eng kuchli bokschilari TOP-10ga kirish uchun ringga chiqadi

  • 13.12.2017 15:50
  • 0
  • Boks

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (11-0, KO11) keyingi jangini 12 yanvar kuni AQShda o‘tkazishidan xabaringiz bor. SPORTS.uz internet portaliga ma’lum bo‘lishicha, bugun mazkur jang rasman tasdiqlandi.

Bo‘lajak jang Nyu-Yorkdagi “Turning Stone Casino Resort” arenasida tashkil etilib, bokschimizga amerikalik engilmas Soni Fredrikson (18-0-0, KO12) raqiblik qiladi.

Bokschilar ushbu jangda jahonning eng kuchli TOP-10ligi uchun kurash olib borishadi. Bundan tashqari bu to‘qnashuvda hamyurtimiz g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bu muvafaqqiyat uni chempionlik uchun bo‘ladigan jangga yana bir qadam yaqinlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, nokautchi bokschimiz 11 noyabr kuni AQShda faoliyatini boshlagan edi, okeanortidagi ilk jangida mezbon bokschi Markus Xavtornni (5-7-0) ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!