Turkiya dunyodagi eng katta aeroportning antiqa ochilish marosimini o‘tkazdi (Video)

Turkiya hukumati Stambulda yangi aeroport qurib bitkazilishi sababli uning tantanali ochilish marosimini o‘tkazdi. Aytib o‘tish joizki, 29 oktyabr kuni aeroport o‘z ishini boshlaydi.

Bunday katta marosimni o‘tkazish munosabati bilan "Teknofest" festivali tashkil etildi. Tashkilotchilar dunyoning eng katta aeroporti ochilish marosimini antiqa ravishda tashkil etishdi. Tashkilotchilar ikki samolyot, uch super-kar, "F-1" bolidi hamda "Kavasaki H2R" mototsiklini o‘zaro kuch sinashdi.

Samolyotlarning biri 27 million dollarlik  Bombardier Challenger 605 samolyotidir ikkinchi samolyot turkiyada ishlab chiqarilgan SOLOTÜRK F16 qiruvchi samolyot.

Avtomobillar: 510 ot kuchiga ega "Aston Martin The New Vantage"; 410 o.k "Lotus Evora 410" va 762 o.k Tesla S P100D elektromobili. 

"Formula-1" esa "Red Bull-RB8" chempionlik bolidini taqdim etdi. 326 ot kuchiga ega "Kavasaki H2R" mototsikli ham ushbu poygada qatnashdi.

Poyga natijalari shuni ko‘rsatdiki, finish chizig‘ini birinchi bo‘lib mototsikl bosib o‘tgan bo‘lsa, uning oridan "RB8" bolidi bo‘ldi. Uchinchi bo‘lib qiruvchi samolyot uchib keldi, to‘rtinchi - Tesla undan so‘ng Aston Martin keldi.

Quyida ushbu poyganing videosidan bahramand bo‘lishingiz mumkin:

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!