Xorxe Lorenso raqiblaridan bir soniyada o‘zib ketdi

Avstriyaning Shpilberg shahridagi "Red Bull Ring" arenasida "MotoGP" bo‘yicha Gran-pri poygalari o‘tkazildi.
 
Unda «Dukati» jamoasi a’zosi Xorxe Lorenso 28 aylana bo‘yicha marrani birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Undan +0,130 soniya ortda qolgan «Xonda» sharafini himoya qilgan Mark Markes finish chizig‘iga ikkinchi bo‘lib etib keldi.
 
«Dukati»ning yana bir a’zosi Andrea Dovitsiozo esa poygani uchinchi bo‘lib yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!