A Seriya. "Milan" safarda "Verona"ni mag‘lub etdi va "Yuventus"dan 3 ochko oldinga o‘tib oldi

A Seriyaning 29-turidan o‘rin olgan "Verona" - "Milan" uchrashuvida mehmonlar 1:3 hisobida zafar quchdi. 

Mezbonlarning yagona goli Noslin nomiga qayd etildi. "Rossonerilar" safida esa Ernandes, Pulishich va Chukveze o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ushbu bahsdan keyin milanliklar 2-o‘rindan joy oldi, ular hisobida 62 ochko mavjud. 3-pog‘onadagi "Yuventus" esa 59 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur o‘yinda mag‘lub bo‘lgan "Verona" 26 ochko to‘plagan holda 15-o‘rinni band etib turibdi. 

"Verona" 1:3 "Milan".

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!