Alaba va Ryudiger kechagi g‘albabani antiqa uslubda nishonladi

Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Bavariya" uchrashuvida madridliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. Dastlab, Devis hisobni ochgan bo‘lsa, Xoselu so‘nggi daqiqalar ichida ikki marta javob qaytardi. Shu tariqa, "qaymoqranglilar" umumiy hisobda 4:3 hisobi bilan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. 

Final hushtagi yangragandan so‘ng "qirollik klubi" himoyachilari Antonio Ryudiger va David Alaba stul bilan nishonlashdi. Avstriyalik futbolchi uchun bu o‘ziga xos an’anaga aylangan. David buni ilk bor 2021/22 yilgi Chempionlar ligasi 1/8 finalida PSJ ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (3:1) amalga oshirgan edi.

Ma’lumot uchun, Alaba jarohati sabab ayni damdagi bellashuvlarda ishtirok etmayapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!