Anchelotti Vinisius nimani o‘rganganini aytdi

Karlo Anchelottining fikricha, Vinisius Junior to‘qqizlik hujumchi sifatida yaxshi harakat qilmoqda. 

"Menimcha, u o‘sha erda o‘ynashga qodir. Vinisius Junior to‘psiz yaxshi harakat qilishni va ochilishni yaxshi o‘rgandi. U darvoza oldida juda xotirjam", - dedi italiyalik mutaxassis. 

Kecha tunda bo‘lib o‘tgan "Bavariya"ga qarshi bellashuvda Vinisius dubl muallifga aylandi va jamoasining durangiga katta hissa qo‘shdi. 

Bundan tashqari, braziliyalik vinger EChL so‘nggi uch mavsumidagi eng sermahsul futbolchi bo‘lib turibdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!