"Andijon" - "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi o‘yinoldi statistikasi

O‘zbekiston Kubogi “o‘lim guruhi”dagi murakkab vaziyatdan eson-omon keyingi bosqichga chiqishni uddalagan “Andijon” endi Superligadagi ishtirokini davom ettiradi. 4 may sanasida “Burgutlar” “Bobur arena”da Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi. Chempionatda 1-o‘rinda borayotgan “Andijon”ning bo‘lajak o‘yinini barcha muxlislar intiqlik bilan kutishmoqda.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixiga kelsak, hozirga qadar “Andijon” va “So‘g‘diyona” chempionatda 46 bor to‘qnash kelishgan. Birinchi o‘yin 1992 yilning 17 aprel kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tgan. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘tgan yilgi chempionatda “So‘g‘diyona” Farg‘onada "Andijon" ustidan 2:1 hisobida ustunlikka erishgan. Jizzaxdagi bahsda esa andijonliklar ham xuddi shu hisob bilan raqibini engib qaytgan. 

Umumiy hisobda “Andijon”da 17, “So‘g‘diyona”da 18 g‘alaba bor. 11 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 65 ga 66 jizzaxliklar foydasiga. Ko‘rib turganingizdek, o‘rtadagi tafovut deyarli teng, u qadar katta emas.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “So‘g‘diyona” qarama-qarshiligi 4 may kuni, soat 18:30 da boshlanadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Журабой
02/05/2024 08:01
Сугдиена омад ! Галаба албатта сен тарафда булади иншаоллох.
&
Тулкинбой
02/05/2024 07:09
Андижонга омад илхом Алижоновга гол уриш насиб килсин
Абдухаликов Мухаммад
01/05/2024 13:47
Андижон га омад