APLning ikki grandi Rokeni sotib olmoqchi

"Barselona" klubi hujumchisi Vitor Roke klub rahbariyatida kutilganidek yaxshi taassurot qoldirmadi. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k granatalar" yozgi transfer oynasida braziliyalik futbolchini ijaraga berib yuboradi. Agar yaxshiroq taklif tushadishgan bo‘lsa, uni sotishga ham rozi. 

Manbaga ko‘ra, Roke Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. 19 yoshli forvardning xizmatlariga Londonning "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda. Vitorning "Transfermarkt"dagi narxi 40 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Viktor 11 ta o‘yin o‘tkazib, ikki bora raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!