Arnold hali ham "Real"ning radarida

"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold hamon "Real Madrid"ning radarida. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.

25 yoshli futbolchi "qirollik klubi"ning transfer bozoridagi ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. "Qaymoqranglilar" vakillari allaqachon mersisaydliklar rahbariyati bilan Trent bo‘yicha potentsial shartnoma borasida bog‘lanishgan. Ehtimoliy transfer summasi 60 million evroga baholanmoqda.

Angliyalik fulbekning o‘zi ham jamoasini o‘zgartirmoqchi va shuning uchun "Liverpul" bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortdi. Himoyachining amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma’lumot uchun, Arnold joriy mavsum APLda 25 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!