"Arsenal" Jorjino bilan shartnomani uzaytirdi

"Arsenal" yarim himoyachi Jorjino bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Bu haqida London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Italiyalik xavbekning yangi shartnomasi  2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 32 yoshli futbolchi 2023 yilning yanvar oyi "Arsenal"ga o‘tgan edi. O‘shandan beri u "kanonirlar" safida 51 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, "Arsenal" APL doirasidagi navbatdagi o‘yinini 12 may, yakshanba kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!