"Arsenal" o‘z maydonida "Bornmut"ni yirik hisobda engdi (video)

Angliya Premer-ligasining 36-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qildi.

“Emireyts”dagi o‘yin kutilganidek “kanonirlar”ning to‘liq ustunligida kechdi va bu yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi. Shu kuni London klubi raqibini 3:0 hisobida engdi. Gollarni Saka, Trossard va Rays kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Arsenal” o‘z hisobidagi ochkolari sonini 83 taga etkazib oldi va APL musobaqa jadvalida yana 1-o‘ringa qaytdi. Mag‘lub bo‘lgan “Bornmut” esa 48 ochko bilan kuchli 10 talikni yakunlab turibdi.

Mikel Arteta shogirdlari Premer-liga doirasida navbatdagi uchrashuvini 12 may kuni safarda “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi. “Brentford” esa 11 may kuni o‘z maydonida “Brentford”ni qabul qiladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!