Aslonov va Baturovda g‘alaba, Abdullaev esa yutqazdi

  • 10 fevral, 18:33
  • 0
  • Boks

Ayni daqiqalarda Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida RCC Boxing promouterlik kompaniyasi o‘zining navbatdagi boks oqshomini o‘tkazyapti.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu turnir doirasida uch nafar hamyurtimiz ham ringga chiqdi. Ikkinchi o‘rta vaznda Odiljon Aslonov (7-0-1) gruziyalik Rafi Xchoyan (Gruziya, 2-2-1)ni engdi. Raqib murabbiylari 8-raundga chiqmaslikni lozim topishdi.

Yarim o‘rta vaznda 8 raund davom etgan jangda Bobousmon Baturov (3-0-1) rossiyalik Tixon Netyosov (11-6-0)ni hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi.

Afsuski, Mirzohid Abdullaev (3-3-1) mezbon bokschi Georgiy Yunovidov (9-1-0)ga 6-raundda texnik nokaut bilan yutqazib qo‘ydi.

                                                                                                                                   O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!