"Astana Barysy Grand Slam". Shukurjon Aminova g‘alaba bilan boshladi

Xabar berganimizdek, bugun Qozog‘istonning Astana shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir boshlandi.

Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Barysy Grand Slam 2024 musobaqasida dunyoning 5 qit’asi 87 davlatidan jami 455 nafar (238 erkak, 217 ayol) dzyudochi ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi ham bor. 

Shukurjon Aminova dzyudochilarmizning Astana Barysy Grand Slam turniridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshlab berdi. -57 kg vazn toifasidagi vakilamiz ilk davrada turkiyalik Hasret Bozkurtni chiroyli ippon evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u ikkinchi bosqichda xitoylik Qi Kaiga qarshi tatamiga chiqadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!