Azar Messi yoki Ronaldu haqidagi savolda uchinchi futbolchini tanladi

Eden Azar Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida tanlov qildi. 

"Men uchun Messi yaxshiroq. Biroq bu borada odamlarning fikri turlicha. Ronaldu o‘z jamoalariga sovrinlar olib keladigan eng katta to‘purar. U 50 yoshga etguncha gol ura oladi. 

Men Messining o‘yin uslubini afzal ko‘raman, ammo Zidanni eng zo‘ri deb hisoblayman", - dedi "Chelsi" va "Real" sobiq futbolchisi "Obi One" podkastida. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!