Azardan keyin bu ishni Palmer uddaladi

APLning 33-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv "Chelsi" va "Everton" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yinda Palmer poker qilgan bo‘lsa, Jekson va Gilkrist bittadan gol urishdi. 

"Aristokratlar" safida Koul Palmer Eden Azardan keyin barcha musobaqalarda 20 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. 2018/19 yilgi mavsumda Azar 52 uchrashuvda raqiblar darvozasini 21 marta aniq nishonga olgan edi. 21 yoshli yarim himoyachi shu paytgacha barcha musobaqalarda 41 o‘yinda maydonga tushib, 25 gol urgan va 13 golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" 31-turdan so‘ng 47 ochko jamg‘argan holda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!