Badiiy gimnastikachilarimizdan medallar shodasi!

Toshkentda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi. 3 kun davom etgan qiziqarli bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 ta oltin va 7 ta kumush medallariga sazovor bo‘lishdi. Qayd etish joiz, dastlabki kun guruh mashqi dasturida qizlarimizning qo‘lga kiritgan oltin medali Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etgan edi: 

Oltin medal:

Kattalar:

Taxmina Ikromova, bulava 
Taxmina Ikromova, to‘p 
3 tasma va 2 to‘pdagi guruh mashqi
Guruh mashqining ko‘pkurash dasturi 
O‘zbekiston terma jamoasi (umumiy ochkolar bo‘yicha)

Yoshlar:

5 bulavadagi guruh mashqi
5 halqadagi guruh mashqi 
Guruh mashqining ko‘pkurash dasturi
Lola Djuraeva, to‘p
Viktoriya Nikiforova, halqa

Kumush medal:

Kattalar:

Taxmina Ikromova, tasma
Natalya Usova, bulava
Taxmina Ikromova, ko‘pkurash 
5 halqadagi guruh mashqi 

Yoshlar:

Mishel Nesterova, tasma 
Sofiya Usova, bulava 
O‘zbekiston terma jamoasi (umumiy ochkolar bo‘yicha)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!