Bahslari tugamayotgan o‘yindagi eng shubhali qaror bo‘yicha ekspertlar xulosasi chiqdi

Nussair Mazraui "Bavariya"ning "Real" darvozasiga kiritgan golidan oldan ofaydda emasdi. 

"Real" EChL javob o‘yini yarim finalida "Bavariya"ni (2:1) mag‘lub etdi va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra (4:3) finalga chiqdi. 

O‘yinga qo‘shib berilgan 13-daqiqada myunxenliklar yarim himoyachisi Yozua Kimmix jarima maydonchasi ichiga to‘pni uzatdi. Myuller esa to‘pni qabul qilib olib, uni De Lixtga etkazib berdi. Matteys zarba yo‘llab, Madrid klubi darvozasini ishg‘ol qilgandi. 

Bosh hakam Shimon Martsinyak Myullerning uzatmasidan bir muddat avval hushtakbozlik qildi va Kimmix to‘pni uzatgan paytda De Lixt yoki Mazraui ofsaydda edi, deb hisobladi. 



"Archivo VAR" ekspertlarining fikricha, Mazraui ushbu epizodda ofsaydda bo‘lmagan va bosh hakam Martsinyak gol urilishiga bir necha soniya qolganda xushtak chalib, xatoga yo‘l qo‘ygan. 

Qayd etish lozim, kecha De Lixt o‘z intervyusida hakam xato qilganini va buning uchun futbolchidan uzr so‘raganini aytdi. Shuningdek, Tuxel ham mazkur xato dahshatli ekanligi va endi uzr hech narsani o‘zgartirmasligini ta’kidlab o‘tdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!