"Barselona" argentinalik yarim himoyachi bilan kelishib oldi

Yozgi transferlar oynasi ochilish arafasida. "Barselona"ning esa rejalari aniq, klub bitta tayanch yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash niyatida edi. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, ayni paytda "Real Betis"da to‘p tepayotgan Gido Rodriges kataloniyaliklar bilan 2+1 ko‘rinishida bitim tuzishga yaqin. Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. U yozda erkin agent sifatida klub tarkibiga kelib qo‘shilishga tayyor. 

30 yoshli argentinalik futbolchi 2020 La Ligaga ko‘chib kelgan. Amaldagi jahon chempioni bu mavsum "Real Betis" tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi. 

Bu transfer Oriol Romeuning "Barsa"ni tark etishini anglatadi. U sobiq jamoasi "Jirona"ga qaytishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!