"Barselona" Kanselu borasida bir qarorga keldi

Kataloniyaning "Barselona" klubi Joau Kanseluni to‘liq o‘z sotib olmoqchi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"da o‘ynashda davom etmoqchi. 29 yoshli futbolchining transfer huquqi "Manchester Siti"ga tegishli. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali uni 40 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Kanselu barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga 3 ta gol va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!