"Barselona" Rafinya borasida bir qarorga keldi

Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transfer oynasida ba’zi futbolchilarini sotadi. "Todofichajes" portali xabariga ko‘ra, birinchi bo‘lib braziliyalik vinger Rafinya Dias sotuvga qo‘yiladi.

Manbaning ta’kidlashicha, braziliyalik vinger "Lids"ga qaytadi. Bundan tashqari "Manchester Yunayted" 27 yoshli futbolchining transferiga qiziqish bildirmoqda. "Transfermarkt" Diasni 50 million evroga baholamoqda.

Rafinya 2022 yilning yozida "Barselona"ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!