"Barselona"dagi ziddiyatning ikkinchi qismi boshlandi

"Barselona" Chempionlar ligasi chorak finalida PSJga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. O‘sha bahsda Ronald Arauxo qizil kartochka olib, jamoasini qiyin hoaltga solib qo‘ygandi. Shundan keyin Ilkay Gyundogan "U o‘ziga ishonmasa, Barkolaga teginmasligi kerak edi", - deya gapirdi. Bunga urugvaylik futbolchi mana shunday javob qaytaradi: "Men odamlar haqidagi fikrlarimni hammaga aytmayman". 

Ikkala futbolchi keyinchalik kelishib olishgani ma’lum bo‘ldi, lekin oradan ko‘p o‘tmay germaniyalik yarim himoyachi yana Arauxoning harakatlarini baholamoqda.

"Jirona"dan uchralgan alamlik mag‘lubiyatda Ronald juda yomon o‘yin o‘tkazdi. Ayniqsa, Portuning golida Dovbikni qo‘yib yuborgani ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi.

O‘yindan keyin 25 yoshli himoyachi "Biz yaxshi jamoamiz va xatolarimizni to‘g‘irlashimiz kerak", deya jurnalistning savoliga javob berdi. Bu safar Ilkay quyidagicha reaktsiya bildirdi: "Xatolarimiz".

 

Arauxo qimmatli himoyachilardan hisoblanadi, lekin Xayrulla Hamidov aytganidek, u so‘nggi o‘yinlarda o‘z narxini tushirib yubordi. Agarda urugvaylik jamoani tark etishni istasa, unga "Bavariya" asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!