Basketbol. Germaniya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Filippinda o‘tgan basketbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Finalda Germaniya terma jamoasi Serbiyadan 83:77 hisobida ustun keldi.

Final Manila shahridagi "Mall of Asia" savdo majmuasida 12 022 muxlis qo‘z o‘ngida bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda nemislardan Dennis Shreder 28 ochko jamg‘arib, eng ko‘p ochko ishlagan basketbolchiga aylandi.

Germaniya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Nemislar avval hech qachon finalgacha etib bormagan. Ularning eng yaxshi natijasi 2022 yilgi mundialda bronza medali bo‘lgan.

Serbiya esa so‘nggi uchta jahon chempionatida ikkinchi marta kumush medallarini qo‘lga kiritdi. 2014 yilgi finalda AQShga imkoniyat boy berilgan.

Mazkur mundialning 3-o‘rin uchun bahsida Kanada AQShni (127:118 OT) hisobida mag‘lub etib, bronza medallariga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!