"Bavariya" "Arsenal" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

"BavariyaAlfonso Devisning jamoani tark etishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rahbariyat bir nechta variantlarni ko‘rib chiqyapti. Ular orasiga "Arsenal" a’zosi Aleksandr Zinchenko ham qo‘shildi, deya xabar bermoqda londonlik insayder Stiv Kay.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ushbu transfer 45 million evroga evaziga amalga oshishi mumkin, lekin hali muzokaralar boshlangani yo‘q. Shuningdek, ukrainalik futbolchiga "Nyukasl" ham qiziqish bildirmoqda. 

"BavariyaDevis o‘rniga ko‘rayotgan nomzodlar orasida Teo Ernandes favorit bo‘lib turibdi. Ammo uni xarid qilish qimmatga tushishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!