“Bavariya” bir o‘yinchi uchun ikki yulduzini sotadi

“Bavariya” yozda jamoa tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan. Myunxenliklar himoya chizig‘iga kuchli o‘yinchi olib kelmoqchi.

Bundesliga grandi mutasaddilari “Barselona”dan urugvaylik himoyachi Ronald Arauxoni nishonga oldi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Bavariya” 100 million evroga baholanayotgan Arauxoga da’vogarlik qilish uchun bir necha o‘yinchisini sotishga tayyor.

Ayni paytda Myunxen superklubi Alfonso Devis va Leroy Sane bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Agar tomonlar hamkorlik bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmasa, yozda aynan mana shu ikki o‘yinchi sotib yuboriladi.

“Barselona” ham mohir himoyachini saqlab qolish istagida. Biroq klubning moliyaviy ahvoli og‘ir ekani katta mablag‘ olib keladigan transferni amalga oshirishga majbur qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!