"Bavariya" hamon 33 yoshli Uokerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Bavariya" klubi "Manchester Siti" futbolchisi Kayl Uokerni sotib olmoqchi. Myunxenliklar uning tajribasi jamoa uchun foydali ekaniga shubha qilmayapti. 

O‘tgan mavsum boshida ham Uoker Germaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Biroq u yakunda "shaharliklar" bilan shartnomasini 2026 yilga qadar uzaytirishga qaror qilgandi. 

Joriy mavsum 33 yoshli himoyachi APLning 27 o‘yinida maydonga tushdi va o‘z nomiga 4 ta assist yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!