"Bavariya" sobiq bosh murabbiyini qaytarishga qaror qildi

"Bavariya" jamoani tark etishini e’lon qilgan Tomas Tuxel o‘rniga yangi murabbiy izlash bilan ovora. Klub bundan oldin muzokaralar olib borgan va deyarli kelishuvga erishgan murabbiylar o‘z qarorini o‘zgartirishdi. 

"Sky Sports" jurnalisti Florian Pllettenbergning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat Xans-Diter Flikni qaytarishga qarshi emas. Germaniyalik mutaxassisning o‘zi ham muzokaralar olib borishga rozi. Tez orada ular o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 59 yoshli murabbiy bundan oldin boshqa mamlakatda ishlashni istayotgandi, lekin Myunxenga qaytish varianti unga ma’qul. 

Flik "Bavariya"da dastlab Niko Kovachning yordamchisi sifatida ish boshlab, mavsum so‘nggida jamoani trebl qilishining asosiy sababchilaridan biriga aylangandi. Ammo u Germaniya terma jamoasini qabul qilib oldi va iste’foga chiqarildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!