Baydarka va kanoe. Yoshlarimiz jahon chempionatiga yo‘l oldi

31 avgust – 4-sentyabr kunlari Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 yosh toifalari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, bugun ushbu musobaqada ishtirok etadigan jamoamiz Vengriya safariga yo‘l oldi.

Tarkibga jami 14 nafar sportchi (U18 dasturlarida 5, U23 toifasida 9) va 3 murabbiy jalb qilingan. Reglamentga ko‘ra, dastlabki 2 kun saralash bahslari o‘tkazilsa, so‘nggi 3 kun davomida turli yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!