FR: Berdiev har yil chetlatilyapti...

  • 25 aprel, 2023, 02:14
  • 3
  • Futbol

"Nasaf" Superliga 7-turining so‘nggi bahsida "Olimpik"ni yirik hisobda mag‘lub qildi. Ushbu bahsda "ajdarlar"ni Shuhrat Toshpo‘latov maydonga boshlab chiqdi. 

photo_2023-02-10_00-44-33

Buning sababidan allaqachon xabardor bo‘lsangiz kerak. "Bunyodkor" bilan o‘yin oxiridagi tartibsizliklar tufayli "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiev 5ta o‘yinga chetlatilgan edi.

IMG_4709

E’tiborli jihati, so‘nggi yillarda qashqadaryolik mutaxassis bilan bunday holat tez-tez ro‘y bermoqda. Hozir oxirgi 3 mavsumda Berdiev duch kelgan diskvalifikatsiyalar haqida ma’lumot beramiz.

1) 2020 yilning oktyabr oyi. "Nasaf" Superliganing 21-turida "Metallurg" mehmoni bo‘lmoqda. 1-taymga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan paytda to‘p maydonni tark etganidan keyin Bozorov va Kamoliddin Tojiev o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Aniqrog‘i, bekobodliklar sardori "Nasaf" vingerini tirsagi bilan turtib yubordi. Bu holatdan jahli chiqqan Ro‘ziqul Berdiev shogirdining yonini olib, Tojievni haqoratlay boshladi. Va uchrashuvni boshqarayotgan Asker Najafaliev "ajdarlar" ustoziga qizil kartochka ko‘rsatgandi. Shunga qaramay, bahs yakunida Bobir Abdixoliqov bilan Dilshot Saitov tomonidan urilgan gollar "Nasaf"ga 3 ochko keltirdi.

photo_2020-03-01_19-33-03

Ertasi kuni esa O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi tajribali mutaxassisni 1 o‘yinga diskvalifikatsiya qilib, jarimaga tortdi. 

2) 2021 yilning oktyabr oyi. "Nasaf" Superliganing 23-turida "Andijon" mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘lgan. Uchrashuvdagi kulminatsion holat "ajdarlar" burchak zarbasidan keyin gol urgan vaziyatda ro‘y bergan. Aziz Asimov o‘sha epizod to‘p qarshilik o‘yinchining qo‘liga teggani tufayli golni bekor qiladi. Nima bo‘lganini tushunmay qolgan Ro‘ziqul Berdiev esa asabiylashib, shogirdlarini maydondan olib chiqib ketishga harakat qildi. Tajribali mutaxassisni O‘zPFL komissari (o‘sha o‘yinda hozir O‘zFHMni boshqarayotgan Laziz Qo‘chqorov ishlagan) zo‘rg‘a to‘xtatib qoladi.

photo_2023-04-01_23-02-34

O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi reglamentga zid harakatlari uchun Berdievni 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.

3) 2022 yilning sentyabr oyi. "Nasaf" Superliganing 17-turida "Lokomotiv" bilan durang o‘ynadi. Qarshidagi o‘yin yakunlangach Berdiev hakamlarga e’tirozini nomaqbul tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Shundan keyin u bosh hakamning (o‘sha o‘yinda Ahrol Risqullaev ishlagan) ko‘krak qismiga zarba beradi. Ushbu harakati uchun tajribali mutaxassis 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan, Berdiev va "Nasaf" jarimaga tortilgan edi.

photo_2022-10-09_21-52-21

Guvohi bo‘lganingizdek, "ajdarlar" ustozi qoidaga zid harakatlari uchun yildan yilga og‘irroq sanktsiyalarga duch kelyapti. Umid qilamizki, beshtalik diskvalifikatsiya Berdiev uchun oxirgisi bo‘lib qoladi.

Faxriddin Ro‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
25/04/2023 08:55
Уртокэмас журналист. Бердиевникига осилибсиз, хуп. Энди уни эьтироз билдиришига сабабчи булган ху*ло судьяларни кутигаям биииир кириб чикингчи, нималарни топиб чикаркинсиз..... асимов-ху*имовларга ухшаган порахур гнидалар сабаб шундай ьулятганига сизни химолай тоги билан тенг аклчангиз етмаятганига хайронман!

Akram Haedarov
25/04/2023 08:13
Sanga pohhuiymasmi ochkarih chumo. Nahhuy kelding sports.uz?? Tinchkina o'zingga mos k""tlarni saytida yuruvding O'zinga o'hshagan k"""tlar bilan. Ket nahhuy sports.uz dan san hamma joyni harrom qilasan zakaznoy material yozib. Baba bitta bolani onasidan so'kkanda ko'tingni qisib o'tirdinku k""t.
&
Ойбек21
25/04/2023 08:07
Сани нима ишинг бор. Бошка бир маълумот тополмадингми. Узи Бир пук бола экансанда.