Boks yulduzi Pakyao Messiga murojaat qildi

  • 20 dekabr, 2022, 10:01
  • 0
  • Futbol

Professional boks bo‘yicha olti vaznda jahon chempioni bo‘lgan filippinlik Menni Pakyao Qatardagi mundialda g‘olib chiqqan Lionel Messiga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali tabrik jo‘natdi.

- Messi! Sen uchun xursandman! Buyuklik!, - deb yozdi Menni Pakyao.

Lionel Messi beshinchi urinishida jahon chempionligini qo‘lga kiridi. Bu sovrin argentinalik yulduzga armon bo‘lib kelayotgandi.

Qatardagi g‘alaba orqali Lionel Messi o‘zi ishtirok etgan barcha nufuzli musobaqalarda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchiga aylandi.

Argentina terma jamoasi esa, o‘z tarixida uchunchi bor jahon kubogiga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!