"Borussiya D" finalda mag‘lub bo‘lsa, ko‘proq foyda ko‘radi! Qanday qilib?

Evropa chempionlar ligasining 2023/24 yilgi mavsumi finalchilari ham ma’lum bo‘ldi. "Borussiya D" Enrike boshchiligidagi PSJni ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. "Bavariya" to‘sig‘idan o‘tgan "Real" bu safar ham "chempionlar toji"ni kiiyishga yaqin kelmoqda. 

Xabaringiz bor, "qirollik klubi"ning asosiy yulduzlaridan biri Jud Bellingem Madridga o‘tgan yozda aynan nemis klubidan kelib qo‘shilgan edi. Angliyalik futbolchi endi finalda sobiq jamoasiga qarshi o‘ynaydi. 

Agar ushbu finalda "Borussiya" g‘olib bo‘lsa, UEFAdan 20 million evro oladi. Aksincha, Bellingem va "Real" turnir kubogini qo‘lga kiritsa, uning transferi uchun Dortmund klubi "qaymoqranglilar"dan qo‘shimcha 25 million evro oladi. Bu uning transfer shartlarida keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Borussiya" - "Real" o‘rtasidagi final 1 iyunda "Uemli" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!