Bu Mbappening "Park de Prens"dagi so‘nggi EChL o‘yini edi

PSJ EChLdagi o‘z yurishini yarim finalga kelib to‘xtatdi. "Borussiya"ga qarshi o‘yinda parijliklar hech nima qila olmadi va mag‘lubiyatga uchradi. "Park de Prens"dagi javob bellashuvi esa Kilian Mbappe uchun katta ehtimol bilan so‘nggisi hisobalanadi. 

Ushbu mavsum turnirda 8 ta goli bilan peshqadamlar qatorida bo‘lib turgan hujumchi yozda Parijni tark etadi, ya’ni uning shartnoma muddati o‘z nihoyasiga etdi va futbolchi yangi bitim imzolamaslikka qaror qilgan. Agarda so‘nggi daqiqalarda hech nima o‘zgarmasa, Kilianning PSJdagi sayohati tugadi. 

Mbappe "Real" bilan deyarli og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. U so‘nggi mavsumi bo‘lgani uchun jamoasi bilan Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishni juda ham xohlagandi, lekin bu chempionatda faqat uning istaklariga qarab ish tutilmaydi. 25 yoshli strayker ana endi bemalol Madrid tomoni bilan muzokaralarni boshlasa ham bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Mbappe 2017 yilda "Monako"dan sotib olish sharti bilan ijaraga olingan. Bir yildan keyin klub 180 million evroni qo‘shnilariga o‘tkazib bergan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!