Bugun 4 nafar sportchimiz medallar uchun kurash olib boradi

Bugun Qozog‘istonning Astana shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir boshlanadi.

Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Barysy Grand Slam 2024 musobaqasida dunyoning 5 qit’asi 87 davlatidan jami 455 nafar (238 erkak, 217 ayol) dzyudochi ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi ham bor. 

Bugungi ilk kungi bahslarda to‘rt nafar dzyudochi qizimiz medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, engil vazn toifasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasidan hech kim ishtirok etmaydi. 
 
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqibalari:

-48 kg: Halimajon Qurbonova — Natasha Ferreyra (Braziliya)

-52 kg: Gulhayo Jo‘raeva — Alesiya Kuznetsova (AIN)

-52 kg: Sita Kadambaeva — Balnur Abdeshova (Qozog‘iston) 

-57 kg: Shukurjon Aminova — Hasret Bozkurt (Turkiya)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!